NMTS yordamida Shveysariyada harakatlanish uchun unumdorlikka bogʻliq katta yuk avtomobillari yigʻimining (LSVA/yigʻim) toʻlovi uchun roʻyxatdan oʻtishingiz va toʻlovni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.
1. Shveysariyaga kirish (roʻyxatdan oʻtish)
LSVA toʻlovi uchun roʻyxatdan oʻtish Shveysariyaga kirishdan oldin (koʻpi bilan 5 kun oldin) amalga oshirilishi kerak. Buni transport kompaniyasi (ofis) orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq.
www.nmts.ch veb-saytiga kiring.
Quyidagi maʼlumotlarni kiriting:
- Avtotransport roʻyxatga olingan mamlakat
- Roʻyxatga olish raqami (davlat raqam belgisi)
- EURO tashlanmalar toifasi
- Tirkamali avtotransportning ruxsat etilgan maksimal umumiy ogʻirligi, kilogrammda (avtotransportni roʻyxatga olish hujjatlariga muvofiq)
- Kirish va chiqib ketish sanalari
- Masofa, kilometrda
Toʻlov variantlari:
- Elektron: kredit kartalar va yoqilgʻi kartalari
- Naqd: Kirish vaqtida bojxonada toʻlov. Barcha chegara oʻtish punktlarida naqd pul qabul qilinmaydi.
Tavsiya: Roʻyxatga olinganlik nusxasini olish uchun email manzil qoldiring.
Chiptalar/cheklarni chegarada (Bojxonada) taqdim qilish shart emas.
Kompaniyaga (ofisga) murojaat qiling. Shveysariya bojxonasi chegarada roʻyxatdan oʻtkazish xizmatini koʻrsatmaydi.
2. Shveysariyadan chiqib ketish
Roʻyxatdan oʻtish toʻgʻri amalga oshirilsa va u yaroqli boʻlsa, Shveysariyadan chiqib ketishda hech qanday qo‘shimcha harakat talab etilmaydi. Chiptalar/cheklarni chegarada (bojxonada) taqdim qilishingiz shart emas.
Zarur holatda chiqib ketishdan oldin umumiy ogʻirlik (kg) va masofaga (km) oʻzgartirish kiritishingiz mumkin:
- Umumiy ogʻirlik: oʻzgartirish faqat kattaroq qiymat tomonga (koʻproq ogʻirlik) amalga oshirilishi mumkin
- Masofa: Kattaroq va kichikroq qiymatga (koʻproq va kamroq kilometr) oʻzgartirish mumkin.
Buni amalga oshirish uchun www.nmts.ch veb-saytiga kiring va tepa oʻng tomondagi chipta belgisini bosing. Registratsiyani tahrirlash uchun qalam belgisini bosishingiz mumkin.
Quyidagi muddatlarni inobatga oling:
- Naqd toʻlovlar uchun: har qaysi qoʻshimcha qiymatni oʻzgartirish va qoʻshish chiqib ketishdan oldin bojxona postida amalga oshiriladi
- Elektron toʻlov usullari (kredit kartalar/yonilgʻi kartalari) uchun: onlayn oʻzgartirish chiqib ketgandan keyin 5 kun davomida
Toʻliq avtomatik LSVA (yigʻim) qayd etish tizimi: Yevropa Elektron yigʻim undirish (EETS) tizimiga yoki NETS tizimiga hozir oʻting: havola.